Novshaharda yoshlar o‘rtasida "Viloyat hokimi kubogi" uchun sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Angor tumanining “Novshaxar” mahallasida "Viloyat hokimi kubogi" uchun yoshlar o‘rtasida “Zakovat” va “Yosh kitobxon” intelektual o‘yinlari hamda sportning futbol, voleybol turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, unda jangovar texnikalar va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarda ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M. Xojimatov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mindoni general-mayor Z.Iminov, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Musobaqada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘olib jamoalarga viloyat hokimi tomonidan medal, esdalik sovg‘alar hamda pul mukofotlari topshirildi.
Shahar va tumanlarda yoshlar o‘rtasida "Viloyat hokimi kubogi" uchun sport musobaqalari davom etmoqda.