Viloyatda og‘ir hududlar toifasiga kiritilgan 195 ta mahallalarda olib borilayotgan ishlar natijadorligi muhokama qilindi
Bugun, 15 fevral kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.
Dastlab og‘ir hududlar toifasiga kiritilgan 195 ta mahallalarda olib borilayotgan ishlar natijadorligi muhokama qilindi. Shundan so‘ng, viloyatda qishloq xo‘jaligi, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Viloyat rahbari ushbu yo‘nalishlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgiladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati