To‘ra Bobolovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati hokimligida xususiy sektor vakillarining muammolarini hal etish hamda yangi istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazildi.
Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 24 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, qurilishga ruxsat berish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.
- Ijara to‘lovini to‘lay olmaganligim sababli, tadbirkorlik faoliyatimni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab viloyat hokimimizga murojaat qildim. Murojaatim shu yerning o‘zida ijobiy hal bo‘ldi. Bunchalik tez hal etilishini kutmagan edim, -deydi tadbirkorlardan biri Shaxlo Ishiyeva.
Qabulda tadbirkorlardan tushgan murojaatlarning 8 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 16 ta masalalar bo‘yicha tuman hokimlari hamda tegishli mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati