Viloyatda xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim tizimi tanqidiy muhokama qilindi

Bugun, 16 fevral kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokimlik apparatidagi mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 7 fevral kuni viloyat hokimi rahbarligidagi yig‘ilishda shahar va tuman mas’ullariga hududlardagi asosiy maktabga yaqin masofada joylashgan filiallarni yopish va sharoiti yetarli bo‘lgan, talabga javob beradigan maktab filiallariga huquqiy maqom berish borasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

 Yig‘ilishda viloyat hokimi tomonidan belgilangan muddat o‘tgan bo‘lsada, mazkur ishlarni yakuniga yetkazmagan tumanlar sanab o‘tildi. Ushbu tumanlar hokimlariga qat’iy ogohlantirish berilib, uch kunlik muddatda ishlarni yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Shundan so‘ng, hududlarda maktabgacha ta’lim qamrovni oshirish borasidagi ishlar ta’lil qilindi. Ta’kidlanishicha, Boysun, Oltinsoy, Qiziriq  va Jarqo‘rg‘on tumanlarida davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha tashkiloti tashkil etish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan ushbu ishlar yakuniga yetkazilmagan. Viloyat hokimi mazkur ishlarni nazoratga olib, yakuniga yetkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq berdi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati