Qozog‘istonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryoga keldi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mamanov vohamizga tashrif buyurgan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, Qozog‘iston Respublikasi bilan faol hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalarda fikr almashib, hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, mehmonlar viloyatga tashrifi doirasida Angor tumanidagi «Tanovar Surxon» mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Bahor, Ilg‘or mahallalarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari parvarishi va eksport jarayonlari bilan tanishdilar.
Qozog‘iston delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi
Matbuot xizmati