Kutubxonachilar uchun seminar-trening tashkil etildi

Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida “Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatdan yanada rivojlantirish” mavzusida  seminar o‘tkazildi. Unda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.To‘rayev, viloyat, tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Termiz shahrida Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat, 13 ta tumanda bittadan  axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, kitob fondi  720 ming nusxani tashkil etadi. 320 nafar xodim kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Seminarda axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish uchun sifat jihatidan qulay sharoitlar yaratish, o‘z axborot-resurslarini yaratish va sifatli to‘ldirib borish masalalarida so‘z yuritildi. O‘zaro tajriba almashish, kutubxonachilarning amaliy ko‘nikmasi va kasbiy mahoratini yanada oshirishga oid taqdimotlar o‘tkazildi.