Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning navbatdagi "Tadbirkorlar qabuli"da 19 nafar tadbirkorning murojaati tinglandi, muammolar yuzasidan soha mutasaddilari bilan fikr almashildi.
Qabulda viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat prokuraturasi mas’ullari, Termiz shahar hokimi, shahar va barcha tumanlar hokimining birinchi o‘rinbosarlari, iqtisodiy korxonalar va aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi
Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, qurilishga ruxsat berish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi. Qabul davomida tadbirkorlardan tushgan murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 16 ta masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Barcha murojaatlarning ijrosi viloyat hokimi tomonidan nazoratga olindi.