Termiz garnizonida Faxriylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi va rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish maqsadida harbiy qismda Faxriylar va yoshlar hamda jamoatchilik kengashi a’zolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 
Unda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilk kengashi, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat bo‘limi, viloyat halq ta’limi boshqarmasi vakillari, afg‘on urush qatnashchilari harbiy pensionerlar va faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbir qatnashchilari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, harbiy qism kutubxonasiga badiiy kitoblar jamlanmasini topshirishdi.

Shundan so‘ng faxriylar va yoshlarga zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda faxriy qorovul shaxsiy tarkbining chiqishlari namoyish etildi.

Uchrashuvda qatnashgan Qurolli Kuchlar faxriylari yoshlarga ibrat bo‘ladigan hayot yo‘lini bosib o‘tgan damlarni hamda janglarda halok bo‘lgan safdoshlarini xotirlashdi. Harbiy xizmatchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar bu kunlarni orzusida yashagan faxriylarda boy taassurot o‘yg‘otdi. 

Termiz davlat unversiteti talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga ko‘tarinkilik ulashdi.

 

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni