Termizda bo‘lajak askarlar tantanali ravishda kuzatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Janubi g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonidan Respublikaning barcha viloyatlariga Surxondaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda 2022 yil uchun chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga yuborish tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahrining markazida joylashgan Motamsaro Ona hayokali yonida bo‘lib o‘tgan tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev va viloyat xokimligi Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi viloyat bo‘limi, Termiz harbiy prokuratruasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi va askarlarning ota-onalari hamda afg‘on urushi qatnashchilari, harbiy pensionerlar va faxriylar ishtirok etdilar.
Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev so‘z olib Chaqiriluvchi yoshlarimiz o‘zlarining mustaqqil fikriga hamda yangicha dunyo qarashiga, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, ajdodlarimiz Sohibqiron Amir Temur, shox va shoir Zaxriddin Muhammad Bobur, Sulton Jaloliddin Manguberdi jasoratlariga sodiq bo‘lgan yoshlar ekanligini muddatli xizmatni o‘tashlari davomlarida namoyon etishlariga biz ishonamiz deb ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng harbiy orkestrt kuy sadolari ostida Surxondaryo viloyat xokimligi tomonidan askarning kundalik hayoti uchun kerak bo‘lgan yuvinish anjomlari va Armiya hayot maktabi kitobchasi sovg‘a tariqasida tarqatildi.
Tadbirning ikkinchi qismi Surxondaryo viloyati xokimi tomnidan tashkil etilgan bayram dasturxoniga ulanib ketdi, u yerda yoshlarga o‘zbek milliy taomlaridan palov tarqatildi hamda Termiz shahar madaniyat markazi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Mana hozir bo‘lib o‘tayotgan tadbirda mening ham farzandim muddatli harbiy xizmatga yo‘l olyapdi mana shu yerda barcha onalar qatori bugun men uchun katta bir quvonch shu bilan birgalikda farzandimni muddatli harbiy xizmatga yo‘l olishi 8-mart Halqaro xotin-qizlar bayramiga sovg‘a bo‘ldi deydi Angor tumanidan kelgan chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatchi Otabek Malikovning onasi Muhabbat Navbatova.
Shundan so‘ng so‘zga Termiz tumani mudofaa ishlari bo‘limi chaqiriluvchisi muddatli harbiy xizmatchi Sanjar Jo‘rayev tuman bosqichida tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tganimdan so‘ng menga keyingi bosqich ya’ni jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha nazorat sinov mashqlari topshirim kerakligini aytishganilarida juda xursand bo‘ldim chunki men muddatli harbiy xizmatga yo‘l olish uchun birinchi qadamni bosib o‘tganligimni xis qildim va jismoniy tayyorgarlikdan ham yuqori natijalarga erishib Kuch tuzilmalardan suhbat qilish uchun kelgan harbiy akalarimmiz suhbatlaridan o‘tdim va viloyat bosqichidan ham o‘tib vatan oldidagi burchimni bajarish uchun Jizzax viloyatiga xizmatga yo‘l oldim va mana shu safda turgan yigitlar bilan oldimizga qo‘yilgan vazifalarni a’lo darajada bajarib qaytishga so‘z beramiz dedi.
Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilar Termiz temir yo‘l bekatidan viloyatlarga yuborildi, askarlar uchun mo‘ljallangan vagonlar Termiz harbiy gospitali tibbiyot xodimlari tomonidan dizenfeksiya qilinib kuzatuvchilarga topshirildi.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni