O‘ksik qalblarga quvonch ulashib...

Sariosiyo tumanidagi  Farxod "Muruvvat" nogironlar uchun ayollar internat uyida bo‘ldi.

U yerda istiqomat qilayotgan 300 nafar ayollar va ularga xizmat ko‘rsatayotgan 183 nafar xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

Viloyat hokimi xotin-qizlarni bayram bilan tabriklar ekan, jamiyatdagi barcha ayollar davlatimiz e’tibori va g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan hamshiralarga minnatdorlik izhor etdi.

Muruvvat uyida bayram dasturxoni yozilib, davolanuvchilar uchun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati