Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining tegishli buyrug‘igi asosan, To‘xtayev A’zamat Berdimurodovich Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib, tayinlandi.

A.To‘xtayev 1979 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – bank ishi.

2018 yildan buyon Markaziy bank viloyat  bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati