Surxondaryo viloyati hududiy “Yashil hudud” davlat unitar korxonasiga direktor tayinlandi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘igi asosan, Murodov Muxiddin Nazarovich Surxondaryo viloyati hududiy “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.

M.Murodov 1964 yilda SHo‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Termiz davlat universitetini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi o‘quv munosabatlari institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agrobiolog, hisobchi-iqtisodchi.

M.Murodov 2020 yildan buyon Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati