YANGI TAYINLOV

Surxondaryo viloyati hokimining qaroriga asosan, Nazarov Baxrom Abdullayevich viloyat hokimining moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

B.Nazarov 1977 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida u Termiz ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, Termiz tumani hokimligi bosh mutaxassisi, Termiz tumani “Paxtaobod” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

B.Nazarov shu kungacha Surxondaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tahlil qilish yig‘ma bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati