"Ayollar daftari"ning 3-bosqichi davomida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
Bugun, 15 mart kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash hamda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raislarining o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.
Yig‘ilishda "Ayollar daftari" 3-bosqichida amaliy yordam ko‘rsatish hamda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi natijalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda joylarda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati