Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi

Prezidentning "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning e’lon qilib borilishini masofaviy monitoringini olib bormoqda.

"Yuksalish" umummilliy harakatining viloyatdagi hududiy bo‘linmasi majlislar zalida mazkur o‘rganishlar natijasida hokimliklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida Agentlik mutaxassislari tomonidan mas’ul ijrochilar uchun videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari tashkil etildi. 

Unda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari mas’ullari, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlari kotibiyat mudirlari, Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va a’zolari ishtirok etdi.

Seminarda ochiqlikka oid qonunchilik talabi tushuntirilib, ushbu yo‘nalishda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.