Surxondaryo viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Tairov Farrux Salomovich Surxondaryo viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farrux Tairov 1980 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini 2002 yilda bakalavr, 2004 yilda magistr yo‘nalishlari bo‘yicha tugatgan. Mutaxassisligi – huquqshunos. Harbiy unvoni – polkovnik.
Farrux Tairov mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasida mas’ul lavozimlarda, Uzun va Sariosiyo tumanlarida ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2021 yildan to shu kungacha Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.