Surxondaryo viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Soatov Arzikul Chorshanbiyevich Surxondaryo viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Soatov 1941 yilda SHerobod tumanida tug‘ilgan. 1964 yilda Toshkent pedagogika institutini, 1980 yilda Toshkent Oliy partiya maktabini, 1982 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – o‘qituvchi, olim-agronom.
Mehnat faoliyati davomida viloyat yoshlar tashkiloti, viloyat IIB, viloyat ijtimoiy ko‘niktirish markazi, "Nuroniy" jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi viloyat boshqarmasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
A.Soatov 2020 yildan to shu kungacha Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati