Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘igi asosan, Boboyorov Davron Ismatullayevich Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
D.Boboyorov 1979 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2021 yildan Surxondaryo viloyati hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati