Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining tegishli buyrug‘igi asosan, Xursanov Baxtiyor Nurqobilovich Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
B.Xursanov 1969 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat agrar universiteti, 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, moliyachi.
Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i, Angor tumani hokimi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarda ishlagan.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati