“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Surxondaryo viloyat mintaqaviy filialiga yangi boshliq tayinlandi
“Mikrokredit bank” respublika boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘igi asosan, Utaganov Mamur Irgashovich aksiyadorlik-tijorat bankining viloyat mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
M.Utaganov 1984 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Termiz davlat universitetining kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya, biotexnologiya) fakultetini, 2010 yilda mazkur universitetning iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida AT “Aloqabank” Surxondaryo filialida mas’ul vazifalarda ishlagan.
M.Utaganov shu kungacha “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Surxondaryo viloyat
Angor filiali boshqaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati