Assalom Navro'z !

Surxondaryo viloyatining asosiy Navro‘z bayrami tantanalari munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mamlakatimizning turli hududlaridan, shuningdek, qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishmoqda.

Tomoshabinlarning katta qiziqishi va e’tibori bilan o‘tayotgan kurash musobaqalarida viloyat hokimligi tomonidan bosh sovrin uchun 100 million so‘m pul mukofoti qo‘yilgan bo‘lib, umumiy sovrin jamg‘armasi 250 million so‘mni tashkil etadi.