Kurash musobaqasida mutloq vazn bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
Surxondaryo viloyatida Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mamlakatimizning turli hududlaridan, shuningdek, qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Mutloq vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra:
Bekmurod Oltiboyev (SHo‘rchi) - 1-o‘rin, 100 mln. so‘m;
Shohruh Mahmarasulov (Denov) - 2-o‘rin, 20 mln. so‘m;
Zohid Husainov (Uzun) - 3-o‘rin, 10 mln. so‘m;
Yahyo Imomov (Denov) - 3-o‘rin, 10 mln. so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga pul mukofotlari yozilgan sertifikatlarni viloyat hokimi To‘ra Bobolov topshirdi.