Xalqaro uloq-ko‘pkari musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Respublikada ilk marotaba o‘tkazilayotgan uloq-ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnirning final bahslari yanada shiddatli va zavqli o‘tdi.

Finalda "Qozog‘iston" terma jamoasi hamda "O‘zbekiston-1" jamoalari faxrli birinchi o‘rin uchun kuch sinashishdi. Jamoaviy tarzda murosasiz kechgan bahslarda, qozog‘istonlik chobog‘onlarning qo‘li baland keldi. 6:0 hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

"Qozog‘iston" jamoasi - 1-o‘rin;

"O‘zbekiston-1" jamoasi - 2-o‘rin;

"O‘zbekiston-2" jamoasi - 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Turnir davomida barcha chavandozlar ishtirokida olomon uloq-ko‘pkari o‘yinlari ham o‘tkazildi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha chavandozlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati