O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sanoat kooperatsiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari surish va o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik