Surxondaryoda yangi lavozimga tayinlangan hokim o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
Bugun, 26 mart kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi majlislar zalida viloyatda yangi lavozimga tayinlangan oila va xotin-qizlar bo‘lim boshliqlari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida Prezidentning 2022 yil 1 martdagi 81-sonli Farmoni va 146-sonli qarorlarining joylardagi ijrosi, Mahalladagi xotin-qizlar faollari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘llari, ochiq tanlovlar o‘tkazish amaliyoti tahlili, gender tenglikni ta’minlash mavzularida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.