Angorda “Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Angor tumanida viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari va yoshlarning uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida so‘nggi yillarda islohotlar shiddat bilan avj olgani, iqtisodiyotni erkinlashtirishda salmoqli natijalarga erishilgani, ochiqlik siyosatiga dadil qadam tashlanganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston dunyoga qayta bag‘rini ochganligi, qo‘shnilarimiz, rivojlangan davlatlar bilan yaqin do‘st bo‘lganligimiz, eng muhimi, chekka hududlarda, xususan vohamizda ham yirik loyihalarga xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgani e’tirof etildi.

Samimiy muloqotlarda tinch va xotirjam hayotimiz, farovon kunlarimizga shukronalik tilga olindi. Bir piyola choy ustida davom etgan tadbirda san’atkorlarning qo‘shiqlari zavqu shavq ulashdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati