Viloyat hokimi tug‘ilgan kunida ham kun davomida fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi.
Avval xabar berganimizdek, bugun Denov tumani "Yangi Hazorbog‘" mahallasi hududidagi 14 - bolalar musiqa va san’at maktabi binosida "Inson qadri uchun" tamoyili asosida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qariyb 7 soat davom etgan qabulda viloyat sektorlar rahbarlari boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 252 nafar fuqaroning 340 dan ortiq murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlarning 114 tasi mas’ullar tomonidan joyida hal etildi. Jumladan 15 nafarga yaqin murojaatchilarga nogironlik aravachasi, maishiy texnika buyumlari, pul mablag‘lari bugunning o‘zida topshirildi.
Vaqt talab etiladigan 225 dan ortiq murojaat ijrosini ta’minlash uchun muddat belgilanib, mas’ullar biriktirildi.