Ertaga Xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 1 aprel kuni soat 10:00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladi.
Sessiya ishida to‘qqizta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan. Kun tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga kiring: https://bit.ly/3LrX0aM
Sessiya ishini viloyat hokimligi matbuot xizmatining You Tube kanali hamda viloyat televideniyesining jonli efiri orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.