Surxondaryoda 60 ta aholi puntklarining bosh rejalari ochiq ma’lumotlari bazasiga joylashtirildi
Prezidentimizning 2020 yil 27 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi “DSHK GAT” geoportali (https://dshk.uz/main) ishga tushirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PQ-3502-son qarori asosida respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 iyuldagi 639-son qarori asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari, qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarining ishlab chiqilishi belgilangan hamda ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda geoportalga joylashtirilgan.
Bugungi kunda mazkur geoportalda Surxondaryo viloyati bo‘yicha 60 ta aholi punktlari, shundan 5 ta shaharlar (Termiz, SHerobod, Qumqo‘rg‘on, Sharg‘un, SHo‘rchi), 6 ta shaharchalar (Angor, Sariq, Qorliq, Do‘stlik, Sariosiyo, Uzun) bosh rejalari, 38 ta (sobiq qishloq fuqarolar yig‘inlari) hududlarning arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari joylashtirilgan.
Bu bilan cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mazkur geoportalning ochiq ma’lumotlari bazasida aholi puntklarining bosh rejalaridan ommaviy hujjat sifatida foydalanishlariga imkoniyat yaratib berilgan
Bundan tashqari mazkur geoportal viloyat hokimligi rasmiy saytiga (https.//surxondaryo.uz) integratsiya qilinganligini ma’lum qilamiz.