1 aprel kuni Termiz davlat universitetida oliygoh rektori A. Maraximov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B. Hasanov, direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Zikrullayev, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i J. To‘rayev va bir guruh mas’ullar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitet tuzilmasidagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida tashkil etilgan uchrashuvda «Yangi O‘zbekiston – uchinchi renessans poydevori » shiori ostida tarixiylik va davriylik kesimida muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, eksponatlarni tubdan yangilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

 TerDU rektori A.Maraximov tomonidan Termiz davlat universitetida mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil etilishi, ularning tezkor va samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi ma’lum qilindi.