Boysun va SHerobod tumanlarida 90 o‘rinli bog‘cha foydalanishga topshirildi

Ta’lim tashkilotlarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillar, nuroniylar va ota-onalar ishtirok etishdi.

 (https://t.me/axborot_xizmati/12426)SHerobod tumani Chuqurko‘l mahallasida yengil konstruksiya asosida qurilgan 38-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi natijasida mahalladagi 3-7 yoshgacha bo‘lgan 499 nafar bolalarning 120 nafari qamrab olindi. Jumladan, 90 nafari kuni uzaytirilgan, 30 nafari qisqa guruhlarga qabul qilindi. Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 19 nafar mahalliy aholi vakillari ishga qabul qilindi.

Boysun tumanining To‘da mahallasida yengil konstruksiya asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mahalladagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan mavjud 178 nafar bolalarning 150 nafari kuni uzaytirilgan hamda qisqa guruhlarga qamrab olindi.

Viloyatda 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

#MTM

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati