Angorda yangi uy kalitlari o‘z egalariga topshirildi
O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, mana shunday ezgu tashabbus va bunyodkorlik tufayli respublikamiz bo‘ylab yangi turar joylar qad rostlamoqda.
Angor tumanining Sharq guli mahallasida ham barcha qulayliklarga ega 3 ta besh qavatli ya’ni 90 ta xonadon kalitlari o‘z egalariga topshirildi. Ushbu tadbirda tuman hokimi, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.