Murojaat va ijro

Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolovning Boysun tumani yoshlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida faol yoshlardan biri barcha tumanlarda "Zakovat" intellektual o‘yinini tashkil etish va g‘olib jamoalarni viloyat bosqichida bellashishini tashkil etish bo‘yicha taklif bildirgan edi.

Mazkur taklif inobatga olinib, "Viloyat prokurori sovrini" uchun "Zakovat" intellektual o‘yinining tuman (shahar) bosqichi hududlarda yuqori saviyada tashkil etildi.

Bugun mazkur bilimlar bellashuvining viloyat bosqichi Termiz shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda 15 ta tuman (shahar) mahalla yoshlari g‘olib jamoalari o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalari ko‘ra:

Termiz shahar "Majnuntol" mahallasi yoshlari (1-o‘rin) - 20 mln. so‘m;

SHerobod tumani "Buyuk ipak yo‘li" mahallasi yoshlari (2-o‘rin) -12 mln. so‘m;

Boysun tumani "Gaza" mahallasi yoshlari (3-o‘rin) - 8 mln. so‘m pul mukofoti va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati