TAYINLOV!

SHerobod tumani hokimi o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Hasanov Zuhriddin Hoshim o‘g‘li tayinlandi.

 Zuhriddin Hasanov 1997 yilda SHerobod tumanida tavallud topgan. 2020 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Bugunga qadar u Surxondaryo viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Turizm va xizmatlar sohalarida investitsiya loyihalarini shuningdek ishlab chiqarish, ijtimoiy-infratuzilma loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishni monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi  lavozimida faoliyat olib borgan.