To‘ra Bobolov nogironligi bo‘lgan bolajonlar holidan xabar oldi

Xususan, Surxondaryo viloyatida ham keksalar, imkoniyati cheklangan kishilar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularning moddiy va ma’naviy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyat hokimi To‘ra Bobolov Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat uyida bo‘lib, bu yerda bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, tarbiyachilar bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ma’sullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati