Avval xabar berganimizdek (https://t.me/axborot_xizmati/12532), bugun viloyat hokimi To‘ra Bobolov mavjud 721 ta mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan ovozli chat orqali muloqot o‘tkazdi.

Termiz tumanidagi Uchqizil mahallasining yoshlar yetakchisi Dilmurod Tojiyev "Uchqizil" ko‘lida yoshlar o‘rtasida Baydarkada suzish (eshkakli qayiq) sport turini tashkil etish taklifini berdi. Viloyat hokimi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, taklifni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berdi.

Ochiq, erkin va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning 20 ga yaqin takliflari tinglanib, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Viloyat hokimi tomonidan bu kabi muloqotlar doimiy tarzda o‘tkazilishi, yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib borilishi ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati