Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kun tartibidan uchta masala - yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari muhokamasi o‘rin olgan.