“Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy – huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.
Seminarda Senat komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Suyarjon Qurbonqulov, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat, shuningdek, Termiz shahar, Angor, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Termiz, SHerobod va SHo‘rchi tumanlari komissiyalari a’zolari, ushbu hududlardagi mahallalarda tashkil etilgan ishchi guruhlar raislari ishtirok etmoqda.
Seminarda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, saylovning tashkiliy – huquqiy asoslari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod ko‘rsatish tartibi haqida tushuntirishlar berilmoqda.
Ma’lumot uchun, xuddi shunday seminar bugun 15:00 da Denov tumanida bo‘lib o‘tadi.