Prezident Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishgach, Olmazor tumanidagi "Universitet" mahallasida bo‘ldi.
Ayni paytda bu yerda videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda.
“Ushbu qutlug‘ oyda Allohning marhamati bilan, butun yer yuziga baraka va yaxshiliklar yog‘iladi. Sabr-qanoat va xayr-saxovatli ishlar uchun ko‘p-ko‘p savoblar yoziladi.
Muborak Qur’oni karimda ham “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”, deb ta’kidlangan.
Umuman, ko‘p ming yillik qadriyatlarimiz va muqaddas dinimiz sharofati bilan nafaqat Ramazon oyida, balki butun yil davomida, har kuni mehr-muruvvat va saxovat ko‘rsatish, sabrli va ahil bo‘lish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.
Xususan, pandemiya davrida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati mamlakatimiz bo‘ylab keng tarqalib, el-yurtimiz ehtiyojmandlarga beg‘araz yordam bergani, qiyinchilik va sinovlarni bahamjihat yengib o‘tgani buning yorqin misolidir”, dedi Prezident.