Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda

    Termizdan Sankt-Peterburg shahriga muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda. Reyslar 5 maydan boshlab har haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi

Termiz—Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 million 961 ming 814 so‘mdan 2 million 160 ming 354 so‘mgacha belgilangan.

  Termizdan uchish: 08:55 (Toshkent vaqti bilan)    

 Sankt-Peterburgga yetib borish: 12:20 (Moskva vaqti bilan)    

 Sankt-Peterburgdan uchish: 13:50 (Moskva vaqti bilan)    

 Termizga yetib kelish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)