Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari tadbirlari Termiz davlat universitetida davom etdi

Avval xabar qilganimizdek, Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida qardosh mamlakat delegatsiyasi viloyatimizda bo‘lib, qiziqarli uchrashuvlarni o‘tkazmoqda Termiz davlat universitetida o‘tgan uchrashuvda davlatlarimiz oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Tadbir doirasida mehmonlar universitetda qardosh mamlakat milliy madaniyati, nafis adabiyoti va boy tarixini o‘zida aks ettirgan Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Delegatsiya universitetning Qatog‘on qurbonlari muzeyida bo‘lib, vohamizning jasur, fidoyi insonlari faoliyati, hayoti va merosi aks etgan eksponatlar bilan tanishdi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda qardosh mamlakat san’atkorlari ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi.