Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ijtimoiy tarmoqlarda yosh tadqiqotchilarning muammolari borligi va shu borada uchrashuv tashkil etishni so‘ragan yoshlarni qabul qildi.

Tadqiqotchilar ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodimlarning maoshlari kamligi bois qo‘shimcha ishlar bilan shug‘ullanishlari va shu tufayli ilmiy tadqiqotlarga vaqt ajrata olmayotganlaridan shikoyat qildilar. Shuningdek, ular uy-joy sotib olishda qiynalayotganlarini ham aytib, bu borada yordam so‘radilar.

Maoshlarni ko‘tarish bo‘yicha amaliy yechim sifatida, murojaatchi-yoshlarga vazirlik xodimlari biriktirilib, qisqa muddatda «Bo‘lajak olim» dasturiga o‘z loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashish va qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, moliyalashtirish topshirig‘i berildi. Bunda har bir yosh olim o‘z oylik maoshiga qo‘shimcha olishlari va atrofidagi yoshlarni ham ishga olishlari mumkinligi tushuntirildi.

Уй-жой учун субсидия учун ҳужжатлар топширишлари мумкинлиги  қайд этилди.