Termizda bo‘lajak askarlar tantanali ravishda kuzatildi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyat hokimligi, viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi viloyat bo‘limi, Termiz harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, keng jamoatchilik vakillari, askarlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tantanali so‘zga chiqqanlar Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tinch, farovon hayotimizni ta’minlashdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdi.
Vatan himoyasiga otlangan askarlarga harbiy orkestr kuy sadolari ostida “Armiya–hayot maktabi” kitobi, sanitariya-gigiyena vositalari topshirildi.
Tadbir yakunida xizmatga yo‘l olgan askarlarga osh tarqatildi. Sanatkorlarning qiziqardi konsert dasturi namoyish etildi.
Shu kuni o‘g‘lonlar Termiz temir yo‘l vokzalidan tantanali kuzatildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati