Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining buyrug‘iga asosan, Pardayev Alisher Ochilovich Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
A.Pardayev 1970 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida boshlang‘ich sinf o‘qituvchiligidan Boysun, Jarqo‘rg‘on tumanlari xalq ta’limi bo‘limi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati