Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Dori vositalariga talabni o‘rganib, ularni mahalliylashtirish chora-tadbirlari belgilandi. Xususan, joriy yilda rejalashtirilgan 80 million dollarlik 34 ta loyihani o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yurtimizda talab yuqori bo‘lgan 120 turdagi dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yil muddatga kafolatli xarid qilish vazifasi qo‘yildi.