Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022 y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;

2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati