“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini o‘tkazilish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Ertaga, 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, Turizm va madaniy meros, Madaniyat hamda Sport boshqarmalari hamkorligida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Mavzu: “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori badiiy saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va ijodiy ishlar
Ishtirok etadi: Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita a’zosi Jo‘rabek To‘rayev, tegishli boshqarmalar boshliqlari hamda OAV vakillari
Savollarni @surxonAOKBbot ga jo‘natishingiz mumkin. OAV xodimlari taklif etiladi.
Matbuot anjumanini viloyat hokimligi matbuot xizmatining You Tube (https://www.youtube.com/channel/UCz2bNPVNIKYVbZgpW8sP89Q/featured) kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.
Manzil: “Matbuot uyi” binosi (Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy)
Vaqti: soat 10:00.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati