Denov tumanida subsidiya ajratilishi masalasida fuqarolar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari F.Mamanov rahbarligida Denov tumanida Vazirlar Mahkamasining “Uy- joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

)Unda Denov tumani hokimi A.Allamuradov, hokim o‘rinbosarlari hamda viloyat va tumandagi tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuvda fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, 2021-2022 yillarda komissiya tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar olish uchun subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiq deb topilgan 150 dan ortiq uy-joy uchun hozirgi kunga qadar kreditlar ajratilmagani va subsidiya berilmagan.

Ochiq muloqot davomida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari F.Mamanov tomonidan tegishliligi bo‘yicha viloyat va tuman bank rahbarlariga fuqarolarning ko‘p qavatli uy-joylarni olishda aniqlangan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriliqlar berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati