Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini rivojlantirish rejalari taqdimoti o‘tkazildi.

Chirchiqdagi klasterni 2023 yil yanvardan to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Eskirgan traktorlardan to‘liq voz kechib, yangi milliy traktor modelini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Mashinasozlikda savdo va servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, 14 ta hududda servis markazi va 100 ta mobil guruhlar tashkil etish zarurligini ta’kidladi.