#Diqqat #Tarqating
Ertaga, 17 aprel kuni soat 8.00 dan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati jamoasi, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-shifokorlari tomonidan Termiz shahridagi "Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi"da vohamizdagi barcha tibbiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari ham amalga oshiriladi.
Barcha tibbiy tekshiruvlar, laboratoriya analizlari va jarrohlik amaliyotlari bepul amalga oshiriladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati